Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Shirer: «Meksika «Asteka»da atigi 2 ta rasmiy o‘yinda mag‘lub bo‘lgan»

Shirer: «Meksika «Asteka»da atigi 2 ta rasmiy o‘yinda mag‘lub bo‘lgan»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq sardori Alan Shirer inglizlar jahon chempionatining 1/8 final bosqichida duch keladigan qiyinchiliklar mavzusida o‘z fikrlarini bildirdi. Meksika bilan uchrashuv 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

«Men Angliyani «Asteka»da kutayotgan qiyin sharoitlar haqida ko‘plab gap-so‘zlarni eshitdim, lekin bu futbolchilarni xavotirga soladi deb o‘ylamayman. Ular faqat bir narsa haqida o‘ylashadi: «Qani, boshlaylik». Men ham xuddi shunday fikrlagan bo‘lardim», — deya Shirerning so‘zlarini keltirmoqda BBC.

Angliyani jiddiy sinov kutmoqda — o‘yin kdengiz sathidan 2 km dan sal ko‘proq va Meksika uchun mezbonlik qiluvchi tribunalar qo‘llab-quvvatlovi ostida o‘tadi.

«Bunday o‘yinlar — aynan butun faoliyating davomida mehnat qilishingga arziydigan bahslardir. Chorak final yo‘llanmasi hal bo‘layotgan paytda, jahon chempionatida bunday afsonaviy stadionda to‘p surish — bu har bir bolakayning orzusi.

Ha, 1966 yildan beri Meksika «Asteka»da atigi 2 ta rasmiy o‘yinda mag‘lub bo‘lgan. Bu hurmatga loyiq. Ammo ular kimlarga qarshi o‘ynaganiga e’tibor qaratsangiz, raqiblar doim ham top-darajada bo‘lavermagan. Bu ularni yengilmas qilib qo‘ymaydi», dedi Alan.

Kiritildi: 14:52, 05.07.2026.
O'qildi: 636 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик