Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

«Bavariya» Bremer transferi bo‘yicha «Yuventus» bilan muzokaralarni boshladi

«Bavariya» Bremer transferi bo‘yicha «Yuventus» bilan muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

«Bavariya» klubi «Yuventus» markaziy himoyachisi Gleyson Bremer transferi ustida ish boshladi.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, Germaniya klubi 29 yoshli braziliyalik futbolchi bo‘yicha dastlabki taklifini berib ulgurgan. Turinliklar ushbu futbolchining sotuvidan kamida 40 million yevro ishlab olishni rejalashtirishmoqda, «Bavariya» esa hozircha 30 million yevro to‘lashga tayyor. Tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda. Qayd etilishicha, Bremerning o‘zi ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.

Bremer 2022 yildan buyon Turin klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, himoyachining bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 16:40, 05.07.2026.
O'qildi: 585 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик