Indykaila News nashrining tarqatgan ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga «Bavariya» klubi qiziqish bildirmoqda. Myunxenliklar ayni damda futbolchi atrofidagi vaziyatni sinchiklab o‘rganishmoqda va agar qulay imkoniyat tug‘ilsa, uning transferi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Enso Fernandes 2023 yilda «Benfika»dan «Chelsi» safiga 121 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda argentinalik futbolchi London klubi tarkibida barcha musobaqalarda 54 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 15 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Transfermarkt portali Fernandesning ayni paytdagi transfer qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.













