Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

«Liverpul» Uorton transferi uchun «Kristal Pelas»ga o‘z futbolchisini taklif qilmoqchi

«Liverpul» Uorton transferi uchun «Kristal Pelas»ga o‘z futbolchisini taklif qilmoqchi

Baho:
+ | -

«Liverpul» «Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uortonni sotib olish bo‘yicha kelishuvga Xarvi Elliottni qo‘shish imkoniyatlarini o‘rganmoqda, deb xabar bermoqda This Is Anfield jurnalisti Denni Gallaxer.

Xisobotda ta’kidlanishicha, «qizillar» Elliottning Uorton bo‘yicha kelishuvning bir qismi sifatida «Kristal Pelas»ga o‘tishi bilan bog‘liq transferni ko‘rib chiqishmoqda. Agar barcha tomonlar ushbu taklifga rozi bo‘lishsa, muzokaralar tez sur’atlarda rivojlanishi mumkin.

Biroq, «Liverpul»ning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola hali ham o‘z tarkibini baholash jarayonida va Elliottning shu yozda jamoadan ketishiga ruxsat berish-bermaslik borasida bir qarorga kelmagan.

23 yoshli futbolchining kelajagi so‘nggi haftalarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Elliott «Liverpul»ning eng iqtidorli yosh futbolchilaridan biri hisoblansa-da, tarkibdagi kuchli raqobat tufayli asosiy tarkibdan muqim joy olishga qiynalmoqda.

Uning o‘tgan mavsumda «Aston Villa»dagi ijara muddati ham kutilgan natijani bermadi va bu uning «Enfild»dagi uzoq muddatli kelajagini so‘roq ostida qoldirdi.

Kiritildi: 18:32, 05.07.2026.
O'qildi: 1281 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик