Argentina terma jamoasining sobiq golkiperi Serxio Goykochea yevropaliklar Paragvay ustidan g‘alaba qozongan (1:0) jahon chempionati 1/8 final uchrashuvidan so‘ng Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappega murojaat qildi.
Goykochea final hushtagidan keyin Mbappening o‘zini tutishidan norozi bo‘ldi. Fransuzlar sardori Paragvay jamoasi darvozaboni Orlando Xil bilan qo‘l berib ko‘rishishni istamadi. Bunga javoban Xil raqibning harakatiga his-tuyg‘ularini jilovlay olmay munosabat bildirdi va Mbappe sheriklari tomon ketayotganda uning orqasidan to‘pni otdi.
«To‘g‘risini aytsam, Mbappe bilan bog‘liq butun bu voqea — sharmandalik. Uning atrofidagi bunchalik shov-shuvlarni tushunaman, lekin o‘yinda g‘alaba qozonib turib, yakunda bunday yo‘l tutish va provokasiya qilish yaramaydi», — deya Goykocheaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.
Chorak finalda Fransiya terma jamoasi 9 iyul kuni Marokashga qarshi maydonga tushadi.













