Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Xaver Agirre - Angliya bilan o‘yin rejasi haqida: "Xarri Keynni neytrallashga harakat qilamiz"

Xaver Agirre - Angliya bilan o‘yin rejasi haqida: "Xarri Keynni neytrallashga harakat qilamiz"

Baho:
+ | -

Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Xavyer Agirre Jahon chempionati 1/8 finalidan o‘rin olgan Angliyaga qarshi o‘yindan kutayotgan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Xarri Keyn — bu jahon futboli ramzi. Uning «Tottenxem», «Bavariya» yoki o‘z milliy terma jamoasi safida urgan gollari — yuqori saviyali futbolchining ko‘rsatkichidir. Uning bo‘yi 1,88 metrni tashkil etadi va bunday katta gavdaga ega bo‘lishiga qaramay, oyoqlari bilan ishlashda ajoyib texnikaga ega. U havoda ham yaxshi o‘ynaydi, unda mutlaqo hamma narsa mujassam. U mehnatkash, himoyaga ham yordam beradi, u — sardor. U haqida yana nima ham deyishim mumkin?

Biz Xarri Keynni nafaqat markaziy himoyachilar, balki yarim himoya va qanot himoyachilari kuchi bilan ham zararsizlantirishga harakat qilamiz. U to‘pni qabul qilish uchun orqaroqqa tushganda o‘zini maydonda qulay his qilmasligi uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Unga ijodkorlik qilishga yo‘l qo‘ymaslik uchun doimo kimdir «yopishib» o‘ynashini ta’minlashga harakat qilamiz», — deya Agirrening so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Sun nashri.

Kiritildi: 19:33, 05.07.2026.
O'qildi: 683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик