Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

«Chelsi»ning sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi

«Chelsi»ning sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -

«Chelsi» klubining sobiq futbolchisi Gael Kakuta 35 yoshida faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

«Yosh o‘tayotganiga quloq solish va har bir narsaning o‘z nihoyasi borligini tan olish kerak bo‘lgan payt keladi. Hozir faoliyatimni yakunlaganimni e’lon qilmoqchiman. Mening yo‘limda uchragan barchaga: oilamga, yaqinlarimga, murabbiylarimga, jamoadoshlarimga, rahbarlarga, muxlislarga va menga ishongan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman», — deb yozdi Kakuta ijtimoiy tarmoqlarda.

Gael Kakuta faoliyati davomida bir qator taniqli klublarda, jumladan, «Chelsi», «Fulxem», «Lasio», «Sevilya», «Rayo Valyekano», «Lans» va boshqa jamoalarda to‘p surgan. U «Chelsi» safida 2009/10 yilgi mavsumda Angliya chempioni va o‘sha mavsumda Angliya Kubogi sohibiga aylangan. Shuningdek, Kakuta Fransiya terma jamoasi bilan 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Yevropa chempioni bo‘lgan va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Kiritildi: 19:56, 05.07.2026.
O'qildi: 1216 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик