«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi markaziy yarim himoyachisi Pedri «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritishni orzu qilishi yoki qilmasligi haqidagi savolga javob berdi.
«Bu shaxsiy mukofot, menga esa ko‘proq jamoaviy sovrinlar yoqadi. Ammo o‘ylaymanki, terma jamoaning istalgan futbolchisidan so‘rasangiz, u «Oltin to‘p»ni yutishni xohlashini aytadi. Vaholanki, bizda allaqachon bitta shunday sovrin egasi bor», — deya Pedrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi AS nashri.
Joriy JCH-2026 musobaqasida yarim himoyachi barcha to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi. Ispaniya terma jamoasi 1/8 finalga tayyorgarlik ko‘rmoqda — pley-offning ushbu bosqichida «qizil furiya» Portugaliya milliy jamoasi bilan to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p» sovrini joriy yilning 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan tantanali marosimda topshiriladi.













