JCH-2026 1/8 finali doirasida Braziliya va Norvegiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv AQSHning Ist-Raterford shahridagi «MetLayf» stadionida o‘tkaziladi. Bellashuvni amerikalik hakam Ismail Elfat boshqaradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.
JCH-2026. Nimchorak final
6 iyul. 01:00.
BRAZILIYA - NORVEGIYA
Braziliya: Alisson Beker, Danilo, Markinyos, Gabriel Magalyayns, Gilyerme Santos, Bruno Gimarayns, Kazemiro, Vinisius Junior, Rayan, Mateus Kunya, Gabriel Martinelli.
Norvegiya: Eryan Nyuland, Yulian Ryuerson, Kristoffer Ayer, Torbyorn Xeggem, David Myoller Volfe, Martin Edegor, Sander Berge, Patrik Berg, Aleksandr Syorlot, Erling Xoland, Antonio Nusa.
Eslatib o‘tamiz, 1/16 finalda Braziliya Yaponiyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Norvegiya Kot-d'Ivuar ustidan xuddi shu hisobda (2:1) g‘alaba qozongan edi.













