Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Meksika bosh murabbiyi JCH-2026dan chiqib ketganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Meksika bosh murabbiyi JCH-2026dan chiqib ketganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

Meksika terma jamoasi ustozi Xavyer Agirre Jahon chempionati–2026 1/8 finali doirasida Angliya terma jamoasiga qarshi kechgan bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Mundial mezbonlari 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, turnirdagi ishtiroklarini yakunlashdi.

«Jamoa qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Futbolchilarimga e’tirozim yo‘q. Bizga qarshi juda kuchli raqib o‘ynadi. Bunday darajadagi uchrashuvlarda xatoga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Biz o‘zgarishlar bilan tavakkal qildik, son jihatdan ustunlikdan (son jihatdan ko‘p bo‘lib qolganimizdan) foydalanmoqchi edik, biroq bu o‘xshamadi. Qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun barchaga rahmat aytaman», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.

Angliya terma jamoasi Jahon chempionatining chorak finaliga yo‘l oldi va u yerda Norvegiya bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 10:39, 06.07.2026.
O'qildi: 600 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик