Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

FIFAning kutilmagan qarori Belgiya murabbiyini g‘azablantirdi: «Bu 1 aprel haziliga o‘xshaydi»

FIFAning kutilmagan qarori Belgiya murabbiyini g‘azablantirdi: «Bu 1 aprel haziliga o‘xshaydi»

Baho:
+1 | -

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya FIFAning Jahon chempionati–2026 1/8 final uchrashuvi oldidan AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikasiyasini vaqtincha to‘xtatib turish haqidagi qarorini 1 aprel haziliga o‘xshatdi.

«6 iyulda emas, balki 1 aprelda o‘ynayotganimizni bilmagan ekanman», — deya Garsiyaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.

24 yoshli hujumchi jahon chempionati 1/16 finalidan o‘rin olgan AQSH — Bosniya va Gersegovina (2:0) uchrashuvining 64-daqiqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan va turnirning pley-off bosqichi keyingi raundida o‘z jamoasining o‘yinini o‘tkazib yuborishi kerak edi.

5 iyul kuni FIFA futbolchining diskvalifikasiyasini vaqtincha to‘xtatib turdi. Endilikda Balogun JCH-2026 1/8 finali doirasidagi Belgiyaga qarshi bahsda maydonga tusha oladi. Uchrashuv 6 iyuldan 7 iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 11:03, 06.07.2026.
O'qildi: 1609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик