Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

«Liverpul» tarixidagi eng yaxshi futbolchi nomi ma’lum qilindi

«Liverpul» tarixidagi eng yaxshi futbolchi nomi ma’lum qilindi

Baho:
+ | -1

Afsonaviy ingliz yarim himoyachisi Stiven Jerrard «Liverpul» klubi tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bu haqda mersisaydliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jerrard statistika tahlili hamda «Liverpul» afsonalarining ovozlari berilganidan so‘ng eng yaxshi deb e’tirof etildi. Bundan tashqari, 1,3 milliondan ortiq muxlis ham unga ovoz bergan. Reyting futbolchilarning mahorati, jamoa o‘yiniga ko‘rsatgan ta’siri, shuningdek, «qizillar» safidagi faoliyati davomida erishgan muvaffaqiyatlari asosida shakllantirildi.

Stiven mersisaydliklar jamoasi tarkibida 1998 yildan 2015 yilgacha to‘p surgan. 2015/2016 yilgi mavsumda u «Los-Anjeles Gelaksi» klubida o‘ynadi va shundan so‘ng faoliyatini yakunladi.

Kiritildi: 12:15, 06.07.2026.
O'qildi: 1688 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик