«Nyukasl» klubining sobiq hujumchisi Alan Shirer BBC Radio 5 efirida Angliya terma jamoasining JCH-2026 chorak finaliga chiqqanidan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu futbolchilar bugun o‘z vatanlarini shunchaki ajoyib tarzda taqdim etishdi. Har bir o‘yinchida ishga bo‘lgan munosabat to‘g‘ri shakllangan edi. Ular barcha to‘siqlarni izchillik bilan bartaraf eta olishdi. Bu ham baland tog‘li hududdagi o‘yin, ham mahalliy muxlislarning kuchli bosimi (energiyasi) edi. Ular bularning barchasini uddalashdi. Bu boshlanishidan to yakunigacha dahshatli o‘yin bo‘ldi.
Uchrashuv natijasi xavf ostida qolgan vaziyatda murabbiy to‘g‘ri o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Zaxiradan maydonga tushganlar o‘z ishlarini a’lo darajada bajarishdi. Qanday ajoyib tun-a!», — dedi Shirer.
JCH-2026 chorak finalida Angliya Norvegiya bilan to‘qnash keladi.













