Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

«Tottenxem» 20 yoshli hujumchi uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor

«Tottenxem» 20 yoshli hujumchi uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor

Baho:
+ | -

«Tottenxem» yana bir qimmatbaho transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Jurnalist Aleks Krukning xabar berishicha, «shporlar» «Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupiga da’vogarlik qilmoqda va u uchun 85 million funt sterling (deyarli 100 million yevro) taklif qilishi mumkin.

«Bornmut» rahbariyati 20 yoshli chiqib kelayotgan yulduzni ushbu transfer oynasida sotmoqchi emasligini bir necha bor ta’kidlagan bo‘lsa-da, London klubi katta mablag‘ evaziga «giloslar»ni fikridan qaytarishga harakat qilib ko‘radi.

Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Eli Junior Krupiga PSJ, «Barselona», «Arsenal», «Chelsi» va Yevropaning boshqa grand klublari ham qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali kelajagi porloq bo‘lgan ushbu fransuz hujumchisining transfer qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:15, 06.07.2026.
O'qildi: 659 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик