«Atletik Bilbao» va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Niko Uilyams o‘tgan mavsumda duch kelgan qiyinchiliklari haqida gapirib berdi.
«Menda futbolchi uchun juda zararli bo‘lgan odatlar bor edi — ham ovqatlanish, ham uxlash rejimi borasida. Ilgari klub bazasidan ketardim va boshqa mashq qilmasdim, hozir esa bunga ko‘proq e’tibor qaratyapman. Oldin kunning ikkinchi yarmini qaylig‘im, do‘stlarim bilan o‘tkazardim. Hozir hammasi boshqacha. Onam, qaylig‘im, uch nafar do‘stim va akam — meni eng ko‘p qo‘llab-quvvatlagan insonlar shular bo‘ldi. Bu holat men bilan keyinroq emas, balki 23 yoshimda sodir bo‘lgani yaxshiroq bo‘ldi. Bu juda og‘ir yil bo‘ldi», — deya Uilyamsning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
JCH-2026 ning 1/8 finali doirasida Ispaniya bugun, 6 iyul kuni Portugaliya terma jamoasi bilan to‘qnash keladi.













