Angliya terma jamoasi darvozaboni Jordan Pikford Jahon chempionatlarida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha milliy rekordni o‘rnatishga yaqinlashib qoldi. Bu haqda «England Football» nashri xabar bermoqda.
JCH-2026ning 1/8 finalidan o‘rin olgan Meksikaga qarshi uchrashuv 32 yoshli futbolchi uchun dunyo birinchiliklaridagi 17-o‘yin bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Pikford afsonaviy Piter Shilton bilan tenglashib oldi. Shilton ham o‘z vaqtida uchta Jahon chempionatida (1982, 1986 va 1990 yillarda) ishtirok etgan.
Pikford Jahon chempionatlaridagi debyutini 2018 yil Rossiyada o‘tgan turnirda nishonlagan va inglizlarning yarim finalgacha yetib borishiga yordam bergan edi. Keyinchalik u 2022 yil Qatardagi musobaqada ham jamoa darvozasini qo‘riqladi, JCH-2026 da esa Tomas Tuxel qo‘l ostida asosiy darvozabon maqomini saqlab qoldi.
Meksika bilan o‘yin darvozabon uchun Angliya terma jamoasi safida yirik xalqaro turnirlardagi ketma-ket 29-uchrashuv bo‘ldi.
Pikford va Shiltonning rekordiga eng yaqin turgan futbolchi jamoa sardori Xarri Keyn hisoblanadi. U Jahon chempionatlarida 16 ta o‘yin o‘tkazgan va peshqadamlardan atigi bitta o‘yinga ortda qolmoqda. Markus Reshford va Djon Stouns hisobida esa 15 tadan o‘yin bor.
Inglizlarning mundialdagi navbatdagi raqibi Norvegiya terma jamoasi bo‘ladi.













