Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina 3-2 Misr
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya

«Manchester Siti» Ayub Buaddiga da’vogarlik qilmoqda

«Manchester Siti» Ayub Buaddiga da’vogarlik qilmoqda

Baho:
+ | -

«Lill» yarim himoyachisi Ayub Buaddi APLning top-klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Mark Brus yozmoqda.

O‘yinchiga «Arsenal» va «Manchester Siti» klublari da’vogarlik qilmoqda. Biroq londonliklar yangi yarim himoyachini shu yozning o‘zidayoq tarkibga qo‘shib olishni istashyapti, shu sababli «Lill»ning Buaddini yana bir mavsumga fransuz klubida ijarada qoldirish haqidagi talabiga rozi bo‘lishmayapti. Natijada «Manchester Siti» futbolchi uchun asosiy da’vogarga aylanib oldi.

Ayub Buaddi Marokash terma jamoasiga JCH-2026 ning 1/4 finaliga chiqishda yordam berdi. Shuningdek, xavbek klub miqyosida ham ajoyib mavsumni o‘tkazdi. «Lill» jamoasi «Lion»ni ortda qoldirib, Liga 1 musobaqasida uchinchi o‘rinni egalladi va Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 16:02, 06.07.2026.
O'qildi: 375 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик