Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

«Nyukasl» Gimaraesni sotishni istamayapti

«Nyukasl» Gimaraesni sotishni istamayapti

Baho:
+ | -

Angliyaning «Nyukasl» klubi braziliyalik yarim himoyachi Brunu Gimaraesni jamoa tarkibida saqlab qolmoqchi. Bu haqdagi ma’lumot bilan Mail on Sunday nashri o‘rtoqlashdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, «Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau Gimaraesni «daxlsiz futbolchi» deb hisoblaydi, bu esa uning Londonning «Arsenal» klubiga o‘tish ehtimolini deyarli yo‘qqa chiqaradi.

Bundan oldin OAVda «kanonirlar» 28 yoshli yarim himoyachi uchun taxminan 80 million yevro taklif qilishga tayyor ekanliklari haqida xabar berilgan edi.

2025/26 yilgi mavsumda Gimaraes barcha turnirlarni hisobga olgan holda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Braziliyalik futbolchining «Nyukasl» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 16:26, 06.07.2026.
O'qildi: 717 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик