Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pikford: «Ba’zi vaziyatlarda Meksika bilan o‘yin xunuk tus oldi»

Pikford: «Ba’zi vaziyatlarda Meksika bilan o‘yin xunuk tus oldi»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi darvozaboni Jordan Pikford «BBC Sport» nashriga bergan intervyusida o‘z jamoasining JCH-2026 chorak finaliga yo‘l olgani haqida gapirib berdi.

«Bu aql bovar qilmas darajada bo‘ldi. Ko‘plab his-tuyg‘ular, juda ko‘p ijobiy holatlar guvohi bo‘ldik. Biz iroda va haqiqiy xarakter ko‘rsata oldik. Ba’zi vaziyatlarda o‘yin xunuk tus oldi. Unda insonni ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan barcha narsa bor edi, aslida futbolning mazmuni ham shunda. Bu bizning birdamligimizni ko‘rsatadi, juda ajoyib oqshom bo‘ldi.

O‘ylaymanki, bugungi bahsda hal qiluvchi paytlarda seyvlar ijro etib, uzatmalarni qaytargan holda o‘zim uchun qanday yuqori daraja belgilaganimni ko‘rdingiz. Men aynan shunga intilaman va rivojlanishda davom etaman.

Jamoadagi eng tajribali yigitlardan biriman va vaziyat talab qilganda yeng shimarib ishga kirishishga to‘g‘ri keladi. Bu men uchun ajoyib o‘yin bo‘ldi.

Bunday voqea hayotda bir marta sodir bo‘ladi. Unutilmas xotira. Hamma baland tog‘li iqlim (Meksikadagi sharoit) haqida gapirmoqda. Biz yeng shimarib, g‘alabani qo‘lga kiritdik. Bu oson bo‘lmadi, balki la’nati darajada og‘ir kechdi. Bunday paytda bor kuchni yig‘ib, harakat qilish kerak.

Men jamoaviy o‘yinchiman va doim shunday bo‘lib qolganman. Agar ikkita gol o‘tkazib yuborsam ham, bu men uchun ahamiyatsiz. Eng muhimi — biz g‘alaba qozondik. Endi oldinda bizni yangi sahifa kutmoqda», — deya hikoya qiladi Pikford.

Kiritildi: 16:30, 06.07.2026.
O'qildi: 408 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик