Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

De Vrey «Inter»dan ketish sababini aytdi

De Vrey «Inter»dan ketish sababini aytdi

Baho:
+ | -

Stefan de Vrey «Inter»ni tark etib, Gresiyaning «Panatinaikos» klubiga o‘tish sabablarini tushuntirib berdi. 34 yoshli niderlandiyalik himoyachi grek klubi bilan erkin agent maqomida shartnoma imzoladi.

Milan jamoasida o‘tkazgan yillari davomida de Vrey himoyaning asosiy ustunlaridan biriga aylangan, Skudetto va boshqa bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan edi, biroq so‘nggi vaqtlarda uning jamoadagi roli sezilarli darajada kamayib qoldi.

«Afsuski, o‘tgan yili «Inter»da kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldim. Shartnomam muddati tugab borayotgandi va men qaysidir jamoada yana muhim futbolchiga aylanishni xohladim», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi ESPN.

«Keyin esa men uzoq vaqtdan beri sovrin yuta olmayotgan mana shu ajoyib klubni kashf qildim. Ular to‘g‘ri yo‘ldan borishmoqda: yangi rahbariyat, yangi, yosh va zamonaviy murabbiy. Bu meni o‘ziga jalb qildi», — deya qo‘shimcha qildi de Vrey.

Yakunlangan mavsumda «Panatinaikos» Gresiya chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Jamoa mana 16 yildirki, mamlakat chempionligini qo‘lga kirita olmayapti.

Kiritildi: 16:35, 06.07.2026.
O'qildi: 476 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик