Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

De la Fuente: «Ronaldu bizga qarshi o‘ynamasligini afzal ko‘rgan bo‘lardim»

De la Fuente: «Ronaldu bizga qarshi o‘ynamasligini afzal ko‘rgan bo‘lardim»

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 6 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da Jahon chempionatining 1/8 finali doirasida Ispaniya va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv start oladi.

«Men Ronalduga qoyil qolishimni hech qachon yashirmaganman. Men mana shunday xarakteri, ambisiyasi va o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan intilishi kuchli bo‘lgan futbolchilar hamda insonlarning muxlisiman. U o‘zi yaratib ulgurgan buyuk meros bilan cheklanib qolmasdan, hamisha ko‘prog‘iga erishishga harakat qiladi. O‘yin davomida uni bir soniyaga ham, biror bir vaziyatda ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Agar xavfli hududda uni nazorat qilmay qo‘ysangiz, u bir lahzada hamma narsani hal qilib qo‘yishi mumkin. To‘g‘risini aytsam, u bizga qarshi o‘ynamasligini afzal ko‘rgan bo‘lardim, ammo o‘ylaymanki, u maydonga tushadi», — deya ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida 41 yoshli forvard haqida gapirdi.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu JCH-2026 doirasida o‘tkazilgan to‘rtta uchrashuvda o‘z hisobiga uchta gol yozdirib qo‘yishga ulgurdi.

Kiritildi: 16:44, 06.07.2026.
O'qildi: 630 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик