Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Pochettino: «Biz FIFAning Balogun bo‘yicha chiqargan qarorini olqishlaymiz»

Pochettino: «Biz FIFAning Balogun bo‘yicha chiqargan qarorini olqishlaymiz»

Baho:
+ | -1

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino FIFA tomonidan Folarin Balogunning diskvalifikasiyasi vaqtinchalik to‘xtatilgani borasidagi qarorga munosabat bildirdi.

Ushbu qaror tufayli futbolchi 7 iyulga o‘tar kechasi Jahon chempionatining 1/8 finali doirasida Belgiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsda maydonga tusha oladigan bo‘ldi.

"Mening munosabatim hammaniki kabi bir xil. Men ushbu sport turini yaxshi ko‘raman va uning halol o‘yin tamoyillariga ishonaman. Biz bu qarorni mamnuniyat bilan qarshi olamiz", — deya mutaxassisning so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Ben Jeykobs ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi Bosniya va Gersegovinaga qarshi o‘yinda qo‘pol foli uchun maydondan chetlatilgan edi. Dastlab futbolchi Belgiya bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi kerak edi, biroq FIFA bir o‘yinlik diskvalifikasiyani bir yillik sinov muddati bilan shartli jazoga o‘zgartirishga qaror qildi. Amerikaliklar to‘purari, katta ehtimol bilan, navbatdagi uchrashuvni dastlabki daqiqalardan boshlaydi.

Kiritildi: 16:46, 06.07.2026.
O'qildi: 511 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик