Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Jahon chempionatlarining eng sovrindor terma jamoalari JCH-2026 chorak finalida o‘ynamaydi

Jahon chempionatlarining eng sovrindor terma jamoalari JCH-2026 chorak finalida o‘ynamaydi

Baho:
+ | -

Jahon chempionatlari tarixidagi eng ko‘p sovrin qo‘lga kiritgan terma jamoalar 2026 yilgi turnirning 1/4 finalida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Braziliya terma jamoasi 1/8 final uchrashuvida Norvegiyaga (1:2) imkoniyatni boy berdi. Janubiy Amerika vakillari Jahon chempionatlari tarixidagi eng ko‘p chempion bo‘lgan jamoa hisoblanadi — ularning hisobida beshta chempionlik (1958, 1962, 1970, 1994, 2002) mavjud.

Shuningdek, to‘rt karra Jahon chempioni hisoblangan Germaniya terma jamoasi ham (1954, 1974, 1990, 2014) musobaqaning ushbu bosqichigacha yetib kela olmadi.

Jahon kubogini to‘rt bor boshi ustida baland ko‘targan yana bir jamoa — Italiya (1934, 1938, 1982, 2006) esa umuman ushbu turnirga yo‘llanma ololmagan edi. Italiyaliklar ketma-ket uchinchi marta Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishmoqda.

Bundan tashqari, ikki karra Jahon chempioni bo‘lmish Urugvay terma jamoasi (1930, 1950) joriy mundialda guruh bosqichidan ham chiqa olmadi.

Hisobida uchta chempionlik unvoni bo‘lgan Argentina terma jamoasi (1978, 1986, 2022) esa bosh sovrin uchun kurashni davom ettirmoqda.

Kiritildi: 17:03, 06.07.2026.
O'qildi: 1132 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик