Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Musiala Jahon chempionatidan qaytganidan so‘ng operasiya qilindi

Musiala Jahon chempionatidan qaytganidan so‘ng operasiya qilindi

Baho:
+2 | -

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Jamal Musiala Jahon chempionatidan qaytib kelganidan so‘ng rejali jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bild nashrining qayd etishicha, ushbu operasiya Musialaning oyoq kafti suyagidan metall plastinani olib tashlash uchun o‘tkazilgan. Mazkur plastina futbolchiga o‘tgan yozda bajarilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng o‘rnatilgan edi.

Klub rahbariyati operasiya oddiy xususiyatga ega bo‘lganini va maqbul muddatlarda amalga oshirilganini ta’kidladi. «Bavariya» futbolchining alohida dastur asosidagi tiklanish muddatlariga aniqlik kiritmadi, biroq sog‘ayish jarayoni rejadagidek ketayotganini alohida urg‘uladi.

Katta ehtimol bilan, Musiala yangi mavsumda «Bavariya»ning ilk rasmiy uchrashuvlariga qadar to‘liq safga qaytishi va tayyor bo‘lishi kutilmoqda.

Kiritildi: 17:11, 06.07.2026.
O'qildi: 578 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик