Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Viktor Munyos Jahon chempionati 1/8 finalidan o‘rin olgan Portugaliyaga qarshi bahsga qay darajada tayyor ekanligi haqida fikr bildirdi. Hozirgi vaqtgacha futbolchi musobaqada birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi, u mavsum so‘ngida olgan jarohatidan so‘ng tiklanish jarayonini o‘tamoqda. Ushbu uchrashuv bugun, 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
«O‘zimni yaxshi his qilyapman, sekin-asta jamoa bilan mashg‘ulotlar sur’atiga kirishib boryapman. Sport formamni tiklayapman, garchi bu oson bo‘lmayotgan bo‘lsa-da, chunki ancha vaqt maydondan tashqarida qoldim. Agar jamoaga kerak bo‘lsam, men tayyorman.
Yoshligingda seni ko‘proq o‘ynash va oldinga intilish ishtiyoqi boshqaradi. Bu vaqt ichida men tanamga quloq solishni va unga nima kerakligini tushunishni o‘rgandim. Bu o‘yinni intizorlik bilan kutyapman. Bu qiyin, ammo hayajonli bahs bo‘ladi. Unda biz tengma-teng kurashishga harakat qilamiz va agar buni uddalasak, g‘alabaga yaqin kelamiz», — deya Munyosning so‘zlarini keltiradi «Mundo Deportivo» nashri.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. 1/16 finalda ispaniyaliklik futbolchilar Avstriya terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etishgandi. Portugaliyaga qarshi kutilayotgan markaziy bahs esa bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.













