Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Paredes: «Dibalani «Boka Xuniors»da ko‘rish men uchun katta mamnuniyat bo‘lardi»

Paredes: «Dibalani «Boka Xuniors»da ko‘rish men uchun katta mamnuniyat bo‘lardi»

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi va «Boka Xuniors» klubi yarim himoyachisi Leandro Paredes hujumchi Paulo Dibalani o‘z jamoasida ko‘rishni istashini ma’lum qildi.

«Pauloni «Boka Xuniors»da ko‘rish men uchun katta mamnuniyat bo‘lardi. Albatta, u qarorni mustaqil qabul qilishi kerak, uning o‘ylaydigan masalalari ko‘p, ammo takrorlayman, agar u Argentinaga uchib kelishga qaror qilsa, men uchun juda yoqimli bo‘lardi. Har qanday holatda ham, unga doim eng yaxshi tilaklarni tilayman, chunki u ajoyib inson», — deya Paredesning so‘zlarini «DAZN»ga tayanib «Yahoo Sports» nashri keltiradi.

Yakunlangan mavsumda Dibala «Roma» sharafini himoya qildi va barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi hamda 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:20, 06.07.2026.
O'qildi: 533 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик