Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

«Arsenal» «Sporting» yarim himoyachisini «Atletiko»dan tortib olmoqchi

«Arsenal» «Sporting» yarim himoyachisini «Atletiko»dan tortib olmoqchi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi «Sporting» xavbeki va sardori Morten Yulmann transferi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda «O Jogo» nashri xabar bermoqda.

Madridning «Atletiko» klubi Daniya terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib olish uchun Lissabon klubiga dastlabki rasmiy taklifni yuborgan. Biroq portugallar ushbu taklifni rad etishgan. «Sporting» prezidenti Frederiku Varandashning ma’lum qilishicha, «matraschilar» tomonidan berilgan taklif futbolchi uchun belgilangan haqiqiy bahodan ancha past bo‘lgan va shu sababli rad etilgan.

«Arsenal» raqobatchisining ushbu muvaffaqiyatsizligini o‘zi uchun katta ustunlik va transferni amalga oshirish uchun qulay imkoniyat deb hisoblamoqda. Shunday bo‘lsa-da, «kanonirlar» uchun ham «Sporting» bilan muzokaralar oson kechmaydi, chunki klub o‘z yetakchisini osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas.

Manbalarning qayd etishicha, 27 yoshli yarim himoyachining shartnomasida 80 million yevrolik tovon puli ko‘rsatilgan, biroq lissabonliklar uni 50 million yevro atrofidagi summaga ham qo‘yib yuborishlari mumkin.

Kiritildi: 19:05, 06.07.2026.
O'qildi: 488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик