«Chelsi» yarim himoyachisi Andrey Santos «Manchester Yunayted»ning qiziqishlari fonida o‘z pozisiyasini aniqlab oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, 22 yoshli braziliyalik futbolchi «mankunianliklar»dan taklif tushsa, uni qabul qilishga tayyor. Santos ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istaydi, biroq «Chelsi» tarkibida Moyses Kaysedo va Enso Fernandes kabi futbolchilar bilan raqobatda asosiy tarkibdan joy olish qiyin bo‘lishini yaxshi tushunib turibdi.
London klubi esa yarim himoyachini transferga qo‘yishga qarshi emas, lekin uning uchun kamida 50 million funt sterling talab qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Andrey Santos «Chelsi» safida barcha musobaqalarda jami 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, «gol+pas» tizimida 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.













