Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

«Milan» hujumchisi JCH-2026dagi jarohat tufayli ikki oyga safdan chiqdi

«Milan» hujumchisi JCH-2026dagi jarohat tufayli ikki oyga safdan chiqdi

Baho:
+ | -

Meksikalik hujumchi Santyago Ximenes Jahon chempionati-2026 doirasida Angliya terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda og‘ir jarohat oldi. «Milan» forvardi maydonni mustaqil tarzda tark eta olmadi — uni zambilda olib chiqib ketishdi.

Fox Sports nashrining xabar berishicha, 25 yoshli hujumchi sakkiz haftagacha bo‘lgan muddatga safdan chiqqan. Unga paylarning ikkinchi darajali cho‘zilishi tashxisi qo‘yildi.

Yakunlangan mavsumda Ximenes «rossonerilar» safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan edi. Meksikalik futbolchining Milan klubi bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Italiya Seriya Asining yangi mavsumi 22 avgust kuni start oladi.

Kiritildi: 19:32, 06.07.2026.
O'qildi: 1081 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик