Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

«Ha, men FIFAdan iltimos qildim»: Trampga qizil kartochkani bekor qildirgani uchun ommaviy ravishda minnatdorchilik bildirildi

«Ha, men FIFAdan iltimos qildim»: Trampga qizil kartochkani bekor qildirgani uchun ommaviy ravishda minnatdorchilik bildirildi

Baho:
+ | -3

«Futbol siyosatdan tashqarida», deyishardi ular. Amerikaliklar FIFA qarorlariga ta’sir o‘tkazishga urinayotganlarini hatto yashirib ham o‘tirishmayapti. Mana, Donald Tramp jurnalistlar qarshisidagi chiqishi vaqtida Folarin Balogunning chetlatilishi bo‘yicha FIFAga murojaat qilganini tasdiqladi. Shu bilan birga, senator Ted Kruz hujumchining diskvalifikasiyasi to‘xtatib turilgani uchun Trampga ommaviy ravishda minnatdorchilik bildirdi.

«Barcha amerikaliklar nomidan ushbu bema’ni qizil kartochkadan qutulishga yordam berganingiz uchun rahmat», — dedi Kruz Trampga qarata.

«Hakam hech kim ishona olmaydigan qaror qabul qildi. U bizning eng yaxshi yoki eng yaxshi futbolchilarimizdan biri. Va unga qizil kartochka ko‘rsatishdi. Ha, men FIFAdan qarorni qayta ko‘rib chiqishni iltimos qildim», — deya bayonot berdi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA Balogunning diskvalifikasiyasini bir yillik sinov muddati bilan kechiktirganini e’lon qilgan edi. Forvard mundialning 1/8 finalida Belgiyaga qarshi maydonga tusha oladigan bo‘ldi. Bundan nafaqat belgiyaliklar, balki butun futbol olamining ko‘plab vakillari g‘azabda. Hatto UYEFA ham bu qarorga qarshi chiqdi.

Kiritildi: 19:42, 06.07.2026.
O'qildi: 2570 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик