Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Buxorodagi stadion Superliga stadionlari ro‘yxatidan vaqtincha chiqarildi

Buxorodagi stadion Superliga stadionlari ro‘yxatidan vaqtincha chiqarildi

Baho:
+ | -

3 iyun kuni Liga bu borada rasmiy xabar e’lon qilib, Buxoro futbol akademiyasi maysasi bilan bog‘liq xavotirlarini ochiqlagan va vaziyatni o‘nglash uchun yakuniy dedlayn belgilagandi.

1 iyul sanasiga qadar Buxoro futbol akademiyasi stadioni maysasini Superliga darajasiga qaytarish ishlari yakuniga yetmadi. Liga maydonning ayni vaqtdagi holati haqida ma’lumotlarga ega. Shuningdek, Superliga reglamentida qayd etilgan texnikani sotib olish va uni Buxoro shahriga olib kelishga hozircha ulgurilmagan. O‘tgan vaqt davomida Liga mazkur masala yuzasidan istisno tariqasida Buxoro futbol akademiyasi stadionini ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lsa-da, mazkur ishni yakunlash paysalga solindi. Liga ma’lumotiga ko‘ra, Buxoro futbol assosiasiyasi talab etilgan texnika uchun pullik to‘lovni amalga oshirgan. Biroq texnika yana bir necha kundan keyingina yetib kelishi rejalashtirilgan. Buning oqibatida maydon sifatini asl holiga qaytarish ishlari juda kech boshlangan.

Shundan kelib chiqib, Superliganing 13-turidan o‘rin olgan «Buxoro» — «Bunyodkor» uchrashuvi Buxoro shahrida o‘tkazilmaydi. Klub mazkur bellashuv o‘tadigan stadion masalasini yaqin soatlar ichida hal qilishi talab etiladi.

O‘z navbatida, Buxoro futbol akademiyasi stadionining Superliga stadionlari ro‘yxatiga qachon qaytishi masalasi bo‘yicha mas’uliyatni Liga o‘z zimmasiga olmaydi. Biroq maydon holati yaxshilangandan so‘ng uni qayta monitoring qilish va imkon qadar tezroq rasmiy uchrashuvlarga qaytarish masalasini tezkorlik bilan hal qilishga tayyor ekanini ma’lum qiladi.

Izoh. Buxoro futbol klubi belgilangan dedlaynga qadar muammoni to‘liq bartaraf etmasa, rasmiy uchrashuv «Bunyodkor» maydoniga ko‘chirilishi haqida ogohlantirilgandi. Biroq ayni vaqtda «Bunyodkor» stadionining o‘zida ham ayrim muammolar mavjud ekanligidan kelib chiqib, Liga Buxoro klubiga neytral maydon masalasini hal qilish imkoniyatini taqdim etdi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:26, 06.07.2026.
O'qildi: 861 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик