Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Syorlot o‘z jamoasining JCH-2026 chorak finaliga yo‘l olgani haqida fikr bildirdi.
«Hozir o‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz shu darajada yuqoriki, har qanday jamoani mag‘lub eta olishimizni tushunib turibmiz. Bu juda ajoyib, fantastik tuyg‘u. O‘yin davomida vaqti-vaqti bilan Braziliya terma jamoasidan ustunroq harakat qildik. Endi biz chorak finaldamiz, u yerda maydonda bor kuchimizni berishimiz kerak, baribir yo‘qotadigan hech narsamiz yo‘q», — deya Sorlotning so‘zlarini keltirdi FIFA matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, norvegiyaliklar Fransiya, Senegal va Iroq terma jamoalari joy olgan guruhda ikkinchi o‘rinni egallashgan, shundan so‘ng pley-offning dastlabki bosqichida Kot-d’Ivuarni (2:1), ikkinchi raundda (1/8 finalda) esa Braziliya terma jamoasini (2:1) mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l olishdi.













