Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Ispaniya murabbiyi: «Yamal qo‘rquv uyg‘otdi»

Ispaniya murabbiyi: «Yamal qo‘rquv uyg‘otdi»

Baho:
+ | -

Jahon chempionati — 2026 ning 1/8 final uchrashuvida Ispaniya terma jamoasi Portugaliya ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona gol muallifi hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda ajralib turgan yarim himoyachi Mikel Merino bo‘ldi.

Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng «qizil furiya» bosh murabbiyi Luis de la Fuente vinger Lamin Yamalning o‘yiniga baho berdi.

«U faoliyatidagi eng yaxshi o‘yinlaridan birini o‘tkazdi. Bu uning o‘sishi uchun muhim palladir. Lamin raqiblar qalbiga qo‘rquv soldi. Bu yigitning oldinda qiladigan ishlari hali ko‘p. U o‘z o‘yinini yanada mukammallashtirishda davom etishi kerak», — dedi mutaxassis matbuot anjumanida.

Chorak finalda Ispaniya Belgiyaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 10 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:17, 07.07.2026.
O'qildi: 1128 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик