Germaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘lgan Lotar Matteus JCH-2026 ning 1/16 final uchrashuvida Donald Trampning aralashuvidan so‘ng Folarin Balogunning chetlatilishi (diskvalifikasiyasi) bekor qilinganiga munosabat bildirdi.
«Bavariya»ning sobiq himoyachisi FIFAning barcha yangi qoidalarini, jumladan, suv ichish uchun tanaffuslarni qabul qilganini, biroq siyosatchilarning ta’siri yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada ekanini tan oldi.
«FIFA o‘zini kulgiga qoldirmoqda. Gap aldov va manipulyasiyalar haqida ketganda — mana shu yerda men o‘z chegaramni tortaman (bunga toqat qilolmayman)», — deb ta’kidladi Matteus.
Yakunda Balogun Belgiyaga qarshi 1/8 final uchrashuvida maydonga tusha oldi, biroq bu uning jamosini tor-mor etilishdan (1:4) qutqarib qola olmadi. Amerikaliklar mezbon davlatlar ichida eng oxirgi bo‘lib turnirni tark etishdi.













