Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Pochettino JCH-2026 dan chiqib ketgach, AQSH terma jamoasidagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi

Pochettino JCH-2026 dan chiqib ketgach, AQSH terma jamoasidagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi

Baho:
+ | -

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Jahon chempionati — 2026 dan chiqib ketganidan so‘ng o‘zining kelajagi borasidagi savolga javob qaytardi. Amerikaliklar 1/8 final bosqichida Belgiya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etishdi. Yakuniy hisob — belgiyaliklar foydasiga 4:1.

«Hozir [JCHdan chiqib ketgandan so‘ng] men biroz dam olaman va xordiq chiqaraman. Ko‘ramiz, federasiya qanday qarorga keladi va men qanday qaror qabul qilaman. Faqat shuni ayta olamanki, men bu yerda baxtliman. Biroq yangi shartnoma haqida gapiradigan vaqt hali kelgani yo‘q», — deya Pochettinoning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida.

AQSH terma jamoasi turnirni tark etdi, undan avvalroq Kanada va Meksika ham chiqib ketgan edi — JCH mezbonlaridan birortasi ham 1/8 final bosqichidan o‘ta olmadi.

Kiritildi: 13:54, 07.07.2026.
O'qildi: 779 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик