Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina 3-2 Misr
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya

«Real»da Kurtuaning o‘rinbosari muhokama qilinmoqda

«Real»da Kurtuaning o‘rinbosari muhokama qilinmoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubida 34 yoshli darvozabon Tibo Kurtuaning ehtimoliy o‘rinbosarlari muhokama qilina boshlandi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, nomzodlar orasida «Brayton» va Niderlandiya terma jamoasi golkiperi Bart Verbryuggen tilga olingan. Bundan tashqari, klub o‘z akademiyasiga ham ishonch bildirmoqda, u yerda asosiy da’vogar sifatida «Real Kastilya» darvozaboni Fran Gonsales ko‘rilmoqda.

Shu bilan birga, bugungi kunda Kurtuaning o‘rnini bosadigan futbolchi yo‘qligi, shu sababli yangi darvozabon bilan shartnoma imzolash masalasi shoshilinch emasligi qayd etilgan.

Tibo Kurtua 2018 yildan buyon «Real» tarkibida to‘p tepib kelmoqda. 2022 yilning oktyabr oyida u 2021/2022 yilgi mavsumning eng yaxshi darvozaboni sifatida Lev Yashin sovrinini qo‘lga kiritgan edi.

Hozirda Kurtua JCH-2026da ishtirok etish uchun Belgiya terma jamoasi ixtiyorida bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 14:49, 07.07.2026.
O'qildi: 959 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик