Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Ispaniyaga qarshi o‘yinda nima uchun Krishtianu Ronalduni almashtirmaganini tushuntirib berdi. Portugaliya Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va JCH-2026ning 1/8 final bosqichida turnirni tark etdi.
— Krishtianu Ronalduning o‘rniga Gonsalu Ramushni maydonga tushirmaganingiz uchun tanqidlar bo‘lishi tabiiy
"Bu juda yuzaki tahlil. Jismoniy tomonlama Krishtianu 90 daqiqa o‘ynashga to‘liq qodir edi. U bo‘sh hududlar yaratadi, moslashadi. Bunday futbolchi juda muhim. Ehtimol, Gonsalu Ramush qo‘shimcha bo‘limlarda foydali bo‘lishi mumkin edi, ammo bu o‘yindagi strategiyamiz boshqacha edi. Biz Ispaniya hujumini tiyib turishimiz kerak edi va hujumchilarni almashtirishdan mazmun yo‘q edi.
Rafael Leau Xorvatiya bilan o‘yinda eng yaxshi futbolchimiz bo‘lgandi, u anchadan beri oxirgi marta 90 daqiqa o‘ynagandi, shu sababli uni asrash kerak edi. Bu tanqidlar bilan bog‘liq emas. Men samaradorlikdan umuman xafa emasman. Biz finalgacha borishni istagandik va men bu jamoa bilan juda faxrlanaman. Biz favoritlardan biriga qarshi o‘ynadik va vaqti-vaqti bilan ularga muammolar tug‘dirdik, ammo gol ura olmay, tavakkal qildik. Biz Fransiya, Ispaniya, Germaniya bilan o‘ynadik, Millatlar Ligasida g‘olib chiqdik. Men qayerga qarab ketayotganimizga faxr bilan qarayman. Bu safar natija biz kutgandek bo‘lmadi, ammo bu turnirda shunaqasi ham bo‘lib turadi", — dedi Martines.













