Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCH pley-off uchrashuvida 90 daqiqa harakat qilgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi.
JCH-2026 ning 1/8 finalida Portugaliya Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ronaldu 41 yoshu 151 kunligida maydonda to‘liq 90 daqiqa o‘tkazib, turnirning pley-off bosqichi rekordini o‘rnatdi.













