Angliya Meksikani mag‘lub etdi (3:2). Hujumchi Xarri Keyn o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu aqldan ozgan o‘yin bo‘ldi. Biz kurashishimiz va vaziyatdan chiqish yo‘lini izlashimizga to‘g‘ri keldi. Hozirgina qo‘shiq aytayotgandim, tuzukroq gapira olmayapman. Raqibga va barcha holatlar bizga qarshi bo‘lganiga qaramay, biz g‘alaba qozonish yo‘lini topdik», — dedi Keyn.
Xarri Keyn «Bavariya» tarkibida yorqin mavsumni o‘tkazdi. Hujumchi jamoasiga Bundesliga, Germaniya Kubogi va Superkubogida g‘olib chiqishga yordam berdi. Shuningdek, myunxenliklar Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetib borishdi. Angliya terma jamoasi 1/4 finalda Norvegiya bilan o‘ynaydi.













