Lionel Messi JCH-2026 1/8 finalidan o‘rin olgan Misrga qarshi o‘yinda (0:1, tanaffus) 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshira olmadi.
Argentinalik futbolchi ushbu turnirda ikkinchi bor penalti tepdi — u Avstriyaga qarshi kechgan bahsda ham (2:0) nuqtadan gol ura olmagan edi.
Messi bitta jahon chempionati doirasida ikkita penaltini golga aylantira olmagan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.













