Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martines faoliyatidagi so‘nggi jahon chempionatida ishtirok etayotgan Lionel Messi uchun maydonda bor kuchini berishga va’da berdi.
Seshanba kuni argentinaliklar JCH-2026 1/8 finalida Misr ustidan 0:2 hisobida mag‘lub bo‘la turib, irodali g‘alabaga (3:2) erishishdi. O‘yinda gol va natijali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan Messi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
«Uning bizga o‘rgatayotgan barcha saboqlarini xotiramda avaylab saqlayman. Uning tajribasi bebaho. U bizning ustozimiz, o‘rnak bo‘ladigan qolipimiz va yetakchimizdir. Misr ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin uning hissiyotlarini ko‘rish juda ta’sirli bo‘ldi. Men unga vaziyatdan zavq olishini aytdim, chunki u bunga loyiq edi. Va men unga nafaqat o‘zimiz, balki u uchun ham bor kuchimizni berishda davom etishimizni va’da qildim, axir bu uning so‘nggi jahon chempionati-ku», — deya Martinesning so‘zlaridan iqtibos keltiradi FIFA matbuot xizmati.
Jahon chempionatining chorak finalida Argentina Shveysariyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 12 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi.













