Bir necha kundan keyin «Barselona» Ispaniya chempionatining yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshlaydi.
Jurnalist Fernando Poloning xabar berishicha, payshanba kuni, ya’ni 9 iyuldayoq «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ta’tildan qaytadi va yozgi yig‘inlar boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun ish joyiga yetib keladi. Futbolchilar klub bazasiga 13 iyul kuni kelishi, kataloniyaliklar ilk o‘rtoqlik uchrashuvini esa 24-sanada Yevropa jamoasiga qarshi o‘tkazishi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» — Ispaniyaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Flik shogirdlari o‘tkazilgan 38 ta turda 94 ochko jamg‘arib, Madridning «Real» klubini 8 ochkoga ortda qoldirishgandi.













