Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina 3-2 Misr
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya

Rodri «Manchester Siti»ni tark etishga tayyor

Rodri «Manchester Siti»ni tark etishga tayyor

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning ispaniyalik yarim himoyachisi Rodri Ernandes klubdan ketishga qarshi emas. Bu haqda jurnalist Migel Serrano xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Oltin to‘p» sohibi avvalroq unga qiziqish bildirgan Madridning «Real» klubiga o‘tishga tayyor edi. Biroq ayni paytda «qaymoqranglilar» ispaniyalik yulduzni sotib olishni rejalashtirishmayapti.

Shu bilan birga, vaziyat istalgan daqiqada o‘zgarishi mumkinligi, shu sababli Rodrining klubdan ketishi to‘liq istisno qilinmasligi ta’kidlanmoqda.

Yakunlangan mavsumda 30 yoshli Rodri barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Yarim himoyachining «shaharliklar» bilan shartnomasi keyingi yozda yakuniga yetadi.

Kiritildi: 12:23, 08.07.2026.
O'qildi: 1271 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик