Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Martines rasman Portugaliya murabbiyligidan ketdi

Martines rasman Portugaliya murabbiyligidan ketdi

Baho:
+ | -

Roberto Martines Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ketdi. Portugaliya jamoasi JCH-2026ning 1/8 finalida Ispaniyaga (0:1) imkoniyatni boy berib, turnirni tark etgan edi. Shundan so‘ng, 52 yoshli mutaxassis shartnomasi yakunlangani sababli terma jamoadan ketishini e’lon qildi.

«Portugaliya futbol federasiyasi (FPF) milliy terma jamoa bosh murabbiyi Roberto Martines va uning murabbiylar shtabi bilan shartnomaviy munosabatlar shu chorshanba kuni rasman yakunlanganini ma’lum qiladi.

FPF Roberto Martines va uning murabbiylar shtabiga so‘nggi uch yarim yil davomida ko‘rsatgan professionalligi va fidoyiligi uchun minnatdorchilik bildiradi. Ushbu davr 2025 yilgi Millatlar Ligasidagi g‘alaba, shuningdek, murabbiyning loyihani amalga oshirishga bo‘lgan sadoqati, professionalligi va mas’uliyati hamda mamlakat va Portugaliya futboliga nisbatan doimiy hurmati bilan ajralib turdi.

FPF prezidenti har qanday turnirda milliy terma jamoaning harakatlarini belgilab berishi kerak bo‘lgan ambisiyalar va g‘alaba qozonish madaniyatini bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi bosh murabbiy izlash ishlarini allaqachon boshlab yuborgan», — deyiladi FPF bayonotida.

Martines Portugaliya terma jamoasini 2023 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi va jamoa bilan 2024/25 yilgi Millatlar Ligasida g‘olib chiqdi. Yevro-2024da jamoa 1/4 final bosqichigacha yetib borib, u yerda Fransiyaga imkoniyatni boy bergandi (0:0, penaltilar bo‘yicha 3:5).

Kiritildi: 15:13, 08.07.2026.
O'qildi: 597 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик