Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina 3-2 Misr
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya

«Arsenal» Rojersni ustuvor maqsadga aylantirdi

«Arsenal» Rojersni ustuvor maqsadga aylantirdi

Baho:
+ | -

«Aston Villa»ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rojers faoliyatini Londonning «Arsenal» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli Rojers joriy yozda «kanonirlar»ning hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ustuvor transfer maqsadiga aylangan. Futbolchining o‘zi «Arsenal» bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma shartlarini kelishib olgan.

Ta’kidlanishicha, «Aston Villa» o‘z yulduzining sotuvidan taxminan 117–152 million yevro ishlab olishni ko‘zlamoqda.

Yakunlangan klub mavsumida Rojers barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Kiritildi: 15:27, 08.07.2026.
O'qildi: 395 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик