«Manchester Yunayted» qanot hujumchisi Markus Reshford klubda qoladi. Bu haqda jurnalist Jeymi Jekson xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Reshford yangi mavsumni «Manchester Yunayted»da boshlaydi va Maykl Kerrik qo‘l ostida o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyatga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Reshfordning o‘zi «Barselona»da qolishni istagandi, biroq kataloniyaliklar klubi ijara muddati yakunlangach, uni sotib olishdan bosh tortdi.
Reshford — «qizil iblislar» tarbiyalanuvchisi. U umumiy hisobda asosiy jamoa tarkibida 426 ta o‘yin o‘tkazib, 138 ta gol urgan va 79 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.













