«Brayton» yarim himoyachisi Brayan Gruda «RB Leypsig»ga qayta o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda Sky Sport xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, klublar allaqachon prinsipial kelishuvga erishgan. Germaniya klubi 22 yoshli futbolchini ma’lum shartlar bajarilgan taqdirda sotib olish majburiyati bilan ijaraga oladi.
Bo‘lajak transfer summasi 25 milliondan 30 million yevrogacha bo‘lishi kutilmoqda. Gruda o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida ijara asosida «Leypsig»da to‘p surgandi. O‘sha davr mobaynida Germaniya yoshlar terma jamoasi futbolchisi 14 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Kelishuv yaqin vaqt ichida yakunlanishi kutilmoqda.













