Hujumchi Jonatan Devid omadsiz debyut mavsumiga qaramay, faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishdan umidvor. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Devid o‘zini eng yaxshi tomondan ko‘rsatish uchun ikkinchi imkoniyatga ega bo‘lishni istamoqda. Shu bilan birga, turinliklar asosiy tarkib uchun yangi hujumchi izlamoqda va «PSJ»dan Randal Kolo-Muanini transfer qilish ustida ishlashda davom etmoqda. Bundan tashqari, klub allaqachon «Jenoa»dan yosh hujumchi Jeff Exatorni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Devidning yuqori maoshi (yiliga taxminan 6 million yevro) uning sotilishini murakkablashtirmoqda.
Kanadalik futbolchi «Yuventus»ga 2025 yilning yozida erkin agent sifatida o‘tgandi. Devid o‘tgan mavsumda A Seriyada 35 ta o‘yinda atigi 6 ta gol urdi va professional faoliyatida ilk bor chempionat doirasida 10 ta gol marrasiga yeta olmadi.













