Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Rasman: "Tottenxem" himoyachini "Fiorentina"ga ijaraga berdi

Rasman: "Tottenxem" himoyachini "Fiorentina"ga ijaraga berdi

Baho:
+ | -

Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Radu Dregushin "Fiorentina" safiga o‘tdi. Ruminiyalik futbolchi "binafsharanglilar" tarkibida keyingi sotib olish majburiyati bilan ijara asosida o‘ynaydi.

Dregushin "Tottenxem"da ikki yarim yil faoliyat yuritdi. U o‘tgan yili "shporlar" bilan Yevropa Ligasida zafar quchgan edi. Ruminiyalik himoyachi barcha turnirlarda jami 48 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Shuningdek, Dregushin Ruminiya terma jamoasi o‘yinchisi hisoblanadi. U o‘z mamlakati sharafini 30 ta o‘yinda himoya qilgan.

"Binafsharanglilar" o‘tgan mavsum yakunida Italiya chempionatida A Seriyadan tushib ketish xavfidan qutulib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Florensiya klubi 42 ochko to‘plab, yakuniy jadvalda 14-o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 23:28, 08.07.2026.
O'qildi: 929 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик