Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal 2026 yilgi Jahon chempionati chorak finali doirasida Belgiyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z o‘yiniga nisbatan juda talabchan ekanini ta’kidladi.
«Men bosimni his qilmayapman. Buni mas’uliyat deb bilaman. Odamlar sizga ishonishi va o‘yin taqdirini o‘zgartira olishingizni kutishi yaxshi holat. Menga bu yoqadi. Tanqidlarni doim ijobiy qabul qilaman. Ba’zida: «Nima uchun ular bunday deyishmoqda?» deb o‘ylaysan. Ammo keyin, ajoyib o‘yin ko‘rsatganingda, ular sukut saqlashga majbur bo‘lishadi. Men bundan-da yaxshiroq o‘ynay olaman. Men o‘zimga nisbatan juda talabchanman va hech qachon: «Bo‘ldi, yetarli, ish bajarildi», deb aytmaganman. Menda hech qachon bunday his bo‘lmagan — na «Barselona»da, na Ispaniya terma jamoasida.
Odamlar Saudiya Arabistoni bilan bo‘lgan o‘yindan so‘ng faqat gol ura olmaganim uchun xafa bo‘ldim deb o‘ylashdi... Bu umuman unday emas. Mening maqsadim gol urish emas. Men jamoamga yordam berishni istayman. O‘z o‘yinim darajasini oshirmoqchi edim. Yanada yaxshiroq harakat qilishim mumkin edi. Men farq yaratishni (o‘yin taqdirini hal qilishni) xohlayman. Tibo Kurtua — dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. U mening ishimni qiyinlashtiradi, ammo doimgidek, men g‘alaba qozonishni istayman!» — deydi Yamalning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
JCH-2026 chorak finalidan o‘rin olgan Ispaniya — Belgiya uchrashuvi 10 iyul, juma kuni Inglvuddagi (AQSH) «Sou-Fay» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.













